«Norozi bo‘lsangiz yuqoriga yozing deydi. Yuqoriga yozsang...»

Siz ko‘rib turgan suratlarda Surxondaryo viloyati Angor tumani Oxunboboyev MFY «Fidokorlar» ko‘chasining qish va bahor oylaridagi oddiy manzarasi aks ettirilgan.


Ahvol yuzasidan tuman, viloyat hokimligiga necha bor yozildi. Javoblar deyarli bir xil, qisqa va lo‘nda va’dadan so‘ng: «Agar ushbudan norozi bo‘lsangiz yuqori tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin», deyish unutilmaydi.
Yuqoriga yozasiz. Biroq shikoyatingiz aylanib-aylanib yana quyiga — Sizga yuqoriga yozish mumkligini eslatgan tashkilotga tushadi. U esa avval yuborgan javobini qayta ko‘chiradi. Xat so‘ngida yana o‘sha eski gap: «Ushbudan norozi bo‘lsangiz yuqoriga...»
Ariza-murojaatlar «yuqoridan — quyiga, quyidan yuqoriga» aylanaveradi, fasllar o‘taveradi: qish, bahor, yoz, kuz...
Yozning jaziramasida tuprog‘u changga to‘lgan ko‘cha kuzga borib, loyga, botqoqqa aylandi. Endi bu ko‘cha istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ nuroniylar, yosh bolalarning ahvolini tasavvur qilavering. Piyoda yurish katta zahmat bo‘lgan ko‘chaga «Tez yordam» kirishini ko‘z oldingizga keltira olasizmi? Boshqasini qo‘ying...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter