Norov va Lavrov telefon orqali ShHT sammiti yakunlarini muhokama qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Vladimir Norovning Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zaro muloqotda 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi raisligida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi yig‘ilishining yakunlari muhokama qilindi.
ShUningdek, davlatlararo hamkorlikning, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya doirasidagi aloqalarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Rossiyaning ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni jadallashtirishga tayyorligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter