Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noming o‘chsin, karantin! (hajviya)

Noming o‘chsin, karantin! (hajviya)

Direktorimiz «Barcha sinf rahbarlar telegram guruhi ochsin. «RayONO» metodisti, direktor, «zavuch», psixolog, yoshlar yetakchisi, fan o‘qituvchilari, ota-onalar va o‘quvchilar a’zo bo‘lishi kerak. Onlayn darslar, o‘quvchilar bilan savol-javoblar muntazam o‘tkazilishi shart!» – deb buyruq berdi.

Meni ham birvarakayiga 5 ta hamkasbim o‘z guruhiga qo‘shibdi.

Bay-bayov. Maktabda qanday dars o‘tishimni bilardingiz. Bolalar zerikmasin, deb stadionda tez-tez koptok teptirardim.

Darsda birorta o‘quvchi savol so‘rasa «A’lochi bolalarga murojaat qil, shu savolga ham meni ovora qilasanmi?!» – deb o‘shqirib berardim.

Endichi...

Xohlagan o‘quvchi xohlagan vaqtda, ertami, kechmi, yakshanbami telegram guruhga «Ustoz, shu savolga yoki masalaga javob topib bering», deb yozadi. Tamom...

Yozay, desam javobini bilmayman. Yozmay, desam guruhda mingta ko‘z kuzatib turibdi.

Mana, o‘n kundan beri kitob titkilayapman, o‘qiyapman. Nailoj...

Noming o‘chsin, koronavirus! Tezroq daf bo‘lsangu, jonajon maktabimga qaytsam. Bu onlayn ishlash menga to‘g‘ri kelmas ekan...

Qishloqlik O‘QITUVChI

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring