Nomaqbul harakatlar qilgan YPX xodimi ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqda «Toshkentda uyqudagi GAI» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi bo‘yicha ma’lumot berilgan edi.
O‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi A.Jo‘raqulov xizmat faoliyati davomida intizomiy jazolanganligi, yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilganligiga qaramasdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xizmat davomida turli nomaqbul harakatlari, mas’uliyatsizligi sabab Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatilishi, shuningdek, ushbu xodimning bevosita komandirlari intizomiy jazolanishi bo‘yicha xulosa qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter