YPX xodimiga «Malibu»ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandirga chora ko‘rildi
Toshkent viloyati IIBB Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan YPX xodimi va qora «Malibu» voqeasi yuzasidan bayonot berdi.
Bayonotda ma’lum qilinishicha, YPX xodimiga buyruq bergan otryad komandiriga intizomiy jazo belgilangan.
«28 iyul kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahar hududida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida, M.Ulug‘bek ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Ismoilov tomonidan «OʼZTEMIRYOʼLMASHTAʼMIR» unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan «Malibu» rusumli avtomobil haydovchisi harakat vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi sababli to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi barcha hujjatlar haydovchining yonida bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan MJtKning 125-moddasi 1-qismga (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish) asosan EV-21 seriyali 10-972827 raqamli elektron shakldagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ma’muriy bayonnomani rasmiylashtirish jarayonida YPX xodimining komandiri aloqaga chiqib, ko‘p ushlab turmasligini, haydovchiga nisbatan «xushmuomala»da bo‘lishini aytib, transport vositasini qo‘yib yuborishini aytgan. Shundan so‘ng haydovchi harakatni davom ettirgan»,—deyiladi bayonotda.
Ushbu holatda (ratsiya orqali bog‘langan) 2-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri amaldagi me’yoriy hujjatlar talablarini buzganligi uchun intizomiy jazolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter