Noma’lum kasallik tarqaldi: Tanzaniyada kamida 15 kishi vafot etdi
Sharqiy Afrikadagi Tanzaniyada noma’lum kasallikdan kamida 15 kishi vafot etdi, 50 dan ziyod bemor kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda «Anadolu» agentligi ushbu mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar berdi.
Kasallanganlar ko‘ngil aynishi va qon qusishdan qiynalyapti, deyiladi xabarda.
«Kasallik hozircha keng tarqalgani kuzatilmadi, faqat bir hududda aniqlandi, bemorlar ko‘ngil aynishi va qon qusishidan qiynalmoqda, kasalxonaga kech yetkazilganlari vafot etgan», — dedi Mbeya viloyati Chunya okrugi bosh shifokori Felista Kisandu.
Shifokor qo‘shimcha qilishicha, kasallanganlar asosan erkaklar bo‘lib, dastlabki klinik tadqiqotlar ular asosan oshqozon yallig‘lanishi va jigardagi shikastlanishlardan aziyat chekkanini ko‘rsatdi.
Tanzaniya SSV kasallik tarqalgan tumanga ekspertlar guruhini jo‘natgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter