Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda nogironlar uyi tarbiyachisi va tibbiyot xodimi qo‘lga tushdi

Buxoroda nogironlar uyi tarbiyachisi va tibbiyot xodimi qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto.

Foto: Xabar.uz

Buxoro «Muruvvat» nogiron bolalar internat uyi tarbiyachisi hamda viloyat endokrinalogiya dispanseri shifokorining til biriktirgan holda jinoyatga qo‘l urishgani aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, Buxoro shahrida yashovchi M.H. jiyani G.A.ni ish bilan ta’minlanishida o‘zining avvaldan tanishi bo‘lgan viloyat «Muruvvat» nogiron bolalar internat uyi tarbiyachisi M.F.dan ko‘mak so‘ragan. Tarbiyachi o‘zining vakolatli tanishlari orqali M.H.ning jiyanini viloyat Perenatal markaziga ishga joylashtirib qo‘yishini bildirgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, bolalar internat uyi tarbiyachisi M.H.ga ish «pishgan»ini, xizmati evaziga 1900 AQSh dollari miqdorida pul olib kelishini talab qilgan. Buncha miqdorda mablag‘i bo‘lmagan fuqaro huquq-tartibot idoralariga holat yuzasidan yozma murojaat qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tarbiyachisi «pora» yozuvi tushirilgan 1900  AQSh dollari bilan ushlangan. So‘ngra M.F. bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida, u ushbu pullarning 100 AQSh dollarini o‘zi uchun ushlab, 1 800 AQSh dollarini yaqin aloqasi bo‘lgan viloyat Endokrinalogiya dispanseri shifokori P.A.ga olib borib berishi kerakligini bildirgan.

Tezkor tadbir yana faol davom etgan va P.A. haqiqatan ham 1 800 AQSh dollarini M.F.dan olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Ayni paytda «Muruvvat Uyi» tarbiyasi va Endokrinalogiya dispanseri shifokorining hatti-harakatlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring