Nodirbek durangga rozi bo‘ldi

Niderlandiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli «Tata Steel Chess-2023» musobaqaning 10-turi yakuniga yetdi.
Nodirbek Abdusattorov ushbu turda asosiy raqiblaridan biri xitoylik Lijen Din bilan murosa ko‘chasini tanladi. «Masters» guruhida 10-turdan keyin Abdusattorov 7 ochko bilan hamon peshqadamlikni davom ettirmoqda.
«Chellenjer» guruhi g‘olibligi uchun kurashayotgan Javohir Sindorov ham bu gal durang qayd etdi. Mezbon Erbin Lavi bilan kechgan bellashuvdan so‘ng Sindorov 6.5 ochko bilan uchinchi o‘rinni band etib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter