Nodirbek Abdusattorovning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov «World Fischer Random Chess Championship» turnirida muddatidan oldin yarim finalga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Nodirbek «A» guruhida yetakchilikni saqlab qoldi va yarim finalda «B» guruhida 2-o‘rinni egallagan Hikaru Nakamura (AQSh) bilan bahslashadigan bo‘ldi.
Ikkinchi yarim finalda Magnus Karlsen (Norvegiya) Yan Nepomnyashiy (Rossiya) bilan dona suradi.
Yarim final g‘oliblari finalda o‘zaro bahs yuritishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter