Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov 7 soatga cho‘zilgan bahsda qiyin vaziyatdan chiqib ketdi

Nodirbek Abdusattorov 7 soatga cho‘zilgan bahsda qiyin vaziyatdan chiqib ketdi

Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha «Tata Steel Chess-2023» musobaqasida 9-tur bahslari yakuniga yetdi.

Unda «Masters» guruhi peshqadami Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona surib, durang o‘ynadi. Yetti soat davom etgan bahs davomida hamyurtimiz qiyin vaziyatga tushib qolishiga qaramay, natijani durangga olib bora oldi. Shu tarzda 9 turdan so‘ng 6.5 ochko jamg‘argan Abdusattorov hamon ushbu guruh peshqadamligini saqlab turibdi.

«Chellenjer» guruhida Javohir Sindorov navbatdagi g‘alabasini tantana qildi. Bu gal yurtdoshimiz amerikalik Abximanyu Mishrani taslim etdi. Ushbu g‘alabadan keyin 6 ochko jamg‘argan Javohir 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring