Sobiq MXX amaldorining qudasiga qarashli «metan-zapravka» sotildi
Milliy xavfsizlik xizmati sobiq xodimi Nodir To‘raqulov va uning jinoiy sheriklari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi bilan uzoq yilga jinoiy javobgarlikka tortilganidan xabaringiz bor. Jinoyat ishi doirasida sudlanuvchilarning jinoiy yo‘llar bilan orttirilgan qator mulklari davlat egaligiga o‘tkazilgan edi.
Hukm ijrosi doirasida «Jarqo‘rg‘on-Servis-Texnika» MChJga qarashli Sho‘rchi tumanida joylashgan «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shahobchasi» MIBning shu tuman bo‘limi tomonidan elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi.
Avvaliga ushbu bino va inshootlar 14 mlrd. so‘mdan ortiq narxga baholangandi. Biroq buncha pulga sotib oladigan xaridor topilmagach, tartibga ko‘ra, uning narxi arzonlashtirildi.
Shu yilning 3-oktyabr kuni o‘tkazilgan savdoda esa yaqin-yaqingacha N. To‘raqulovning qudasi Erkin Norqobilovga tegishli bo‘lgan ushbu «zapravka» 7 mlrd. 41 million so‘mga sotildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter