Nodir To‘raqulov «panohida»gi yana bir «zapravka» auksionga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining tegishli hukmiga ko‘ra, sobiq MXX xodimi N.To‘raqulov va uning qudasi E.Norqobilov tomonidan jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish orqali orttirilgan mulklar birin-ketin sotuvga quyilmoqda.
O‘tgan hafta E.Norqobilovga tegishli «Jarqo‘rg‘on-Servis-Texnika» MChJning Sho‘rchi tumanida joylashgan «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shahobchasi» auksion savdoda sotilgani haqida xabar berilgandi.
Endi qudalarga tegishli yana bir mulk — «Surxon-Angor-Servis-Texnika» MChJ balansidagi Boysun tumanida joylashgan «Avtomobillarga siqilgan gaz quyish kompressor stansiyasi» onlayn auksion savdosida xaridorini kutmoqda.
Mazkur ob’yekt 14 milliard 420 million 239 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan 24 sentyabr kuni savdoga chiqarilgandi. Biroq 11-okyabr kuni bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor topilmaganligi sabab 30-oktyabr kuni takroran savdoga qo‘yildi.
Majburiy ijro byurosi ko‘ra, savdodan tushgan pul mablag‘lari davlat daromadiga yo‘naltiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter