«Nochor» ota «Chery»sini farzandidan ustun qo‘ydi

4 yildan buyon bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lovini paysalga solib, turli bahonalarni ro‘kach qilib yurgan ota qimmatbaho «Chery» rusumli avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yilgach, undiruvchiga qarzini to‘liq qoplab berishga majbur bo‘ldi.
«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, qarzdor otaning qarzdorligi 2020 yildan hozirga qadar salkam 30 million so‘mni tashkil qilgan. O‘zini «nochor» ko‘rsatib kelgan qarzdorning holati ijro harakatlari davomida «MIB-Portal» eletron dasturida berilgan so‘rovlar orqali o‘rganilgan.
Natijada qarzdor nomida «CHERY ARIZO 6 PRO» rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan. Avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va mashina topilgan. Aliment to‘lamagan otaning «Chery»si jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Qarzdorlikni bartaraf etish uchun qarzdorga muddat berilgan. Qarzdorlik to‘liq bartaraf qilinmagan taqdirda, avtomashina sotish uchun auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
«Chery»ga puli bor, ammo, farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashga «puli yo‘q», avtomashinani farzandi taqdiridan ustun qo‘ygan otalar safi, afsuski, ko‘paygan»,-deydi Byuroning Buxoro viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter