Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niqobsiz yurganlik 1 mln so‘mdan ortiq jarimaga sabab bo‘lishi mumkin

Niqobsiz yurganlik 1 mln so‘mdan ortiq jarimaga sabab bo‘lishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi niqobsiz yurganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qism bilan to‘ldirildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali yozmoqda. 

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish BHMning 5 baravarigacha (1 mln 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring