Nikohdan ajratish jarayoniga o‘zgartirish kiritildi
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qo‘shimcha kiritish haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter