Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nihoyat: Mbappe bir qarorga keldi

Nihoyat: Mbappe bir qarorga keldi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe klub prezidenti Nosir Al-Xelayfini joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida klubni tark etishi haqida xabardor qilgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Mbappening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 2022-yilning may oyida OAV Mbappe «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolagani haqida xabar tarqatgandi. Shu bilan birga, boshqa manbalar futbolchining «Real Madrid» bilan kelishuvini ma’qullaganini ma’lum qilgan. Natijada ispan klubiga shov-shuvli transfer amalga oshmadi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, forvard 2023-yilning yozida Madrid klubiga o‘tishdan bosh tortgan, chunki u PSJdan sodiqlik uchun bonuslar olishni xohlagan. Agar «Real»ga o‘tsa, Mbappe jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ladi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida Mbappe 19 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring