Nigerda uch kunlik motam e’lon qilindi

Niger janubi-g‘arbida terrorchilar tomonidan 44 nafar tinch aholi vakili o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
«Juma kuni Fonbita qishlog‘ida terrorchilar masjidga vahshiyona hujum uyushtirishi oqibatida 44 nafar tinchi aholi vakili halok bo‘ldi», — deyiladi bayonotda.
Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter