Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATO bosh kotibi bo‘lishga yaqin

Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte NATO bosh kotibi bo‘lishga yaqin

Foto: APA

Turkiya NATO bosh kotibligi uchun nomzodi qo‘yilgan Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutteni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar qatoriga qo‘shildi. Bu haqda NATO diplomatlariga asoslanib Niderlandiyaning ANP axborot agentligi xabar berdi.

Shu paytgacha Turkiya hozirgi bosh kotib Yens Stoltenberg o‘rnida Ryutteni ko‘rishni istamayotgan to‘rt davlatning biri edi. Boshqa ittifoqchilar, xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Ryutte uchun ovoz berishini ma’lum qilgandi.

Mark Ryutte o‘tgan hafta Turkiya tashrif buyurib, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring