Niderlandiyada haykal poyezdni suvga qulashdan qutqarib qoldi
Niderlandiyaning Speykenisse shahrida «Kitlarning dumi» haykali metro poyezdining suvga qulashidan saqlab qoldi. Poyezd ochiq stansiya yo‘lining oxiridagi to‘siqqa borib urilgan, deya xabar berdi «Dutch News» portali.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yarim tunda poyezd chegaralangan yo‘ldan chiqib ketgan va piyodalar yo‘lakchasi uzra 10 metr balandlikda haykalga tiqilib qolgan. Haydovchi poyezdni bir amallab tark etishga muvaffaq bo‘lgan, yo‘lovchilar esa bu paytda poyezdda bo‘lishmagan.
«Kitlarning dumi» haykali golland arxitektori Maarten Struys tomonidan poliestrdan yasalgan. U 2002 yilda metro stansiyasi yo‘lining oxiridagi suv havzasiga o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter