Niderlandiyada haydovchi avtobusni musiqa festivali muxlislari ustiga haydadi
![Niderlandiyada haydovchi avtobusni musiqa festivali muxlislari ustiga haydadi](https://static.xabaruz.com/crop/5/8/720_460_95_589181529.jpg)
Bugun, 18-iyun kuni Niderlandiya janubida bo‘lib o‘tayotgan musiqa festivali vaqtida avtobus haydovchisi ulovni to‘ppa-to‘g‘ri muxlislar ustiga haydagan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi jarohat olgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Mazkur hodisa «Pink Pop» musiqa festivali o‘tadigan joy yaqinida sodir bo‘lgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, avtobus haydovchisi voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Hozir u qidirilmoqda, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter