Netanyahu bilan Eronga zarba berishni maslahatlashgan Uolts Trampning jahlini chiqargan — WP

AQSh prezidentining iste’foga chiqarilgan milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolts Signal messenjeri bilan bog‘liq mojaroga qadar ham Donald Trampni norozi qilgan. Bu haqda Washington Post o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
Uolts Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Oq uyga kelishi arafasida u bilan Eronga zarba berishni maslahatlashgani Trampga yoqmagan.
Tramp diplomatik yechim qidirayotgan bir pallada, Isroil bilan yaqin aloqadagi Uolts Eronga zarba berishni taklif qilib, Oq uy rahbarining qaroriga ta’sir qilishga uringan. Uoltsning aybi bilan maxfiy ma’lumot OAVga chiqib ketishi (Signal voqeasi) Tramp «so‘nggi hukm»ni chiqarishi uchun yetarli bo‘ldi, deb yozdi gazeta.
Isroil bosh vaziri ofisi bayonotida Netanyahu va Uolts uchrashgani, ammo «sermahsul» suhbat qurilmagani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter