«NEO INSURANCE CORP» AJ aksiyadorlari diqqatiga!
«NEO INSURANCE CORP» AJ (keyingi o‘rinlarda – «Jamiyat») Kuzatuv kengashi, Jamiyatning nominal qiymati 5 000 so‘mlik 2 000 000 dona, umumiy summasi 10 000 000 000 so‘m bo‘lgan oddiy aksiyalari qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi Qarori O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 2023 yil 21 noyabrda № P0974-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilganligini ma’lum qiladi.
Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga asosan, Jamiyatning oddiy aksiyasi egasi bo‘lgan aksiyadorlari ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni o‘zlariga tegishli oddiy aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqiga 2023 yil 16 oktyabr xolatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan, Jamiyat oddiy aksiyalari egalari bo‘lgan aksiyadorlar ega bo‘ladilar.
Jamiyat aksiyadorlari olishga xaqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
A / 7 000 000 = B
2 000 000 * B = C
Bunda:
7 000 000 – Jamiyat ustav kapitalidagi umumiy aksiyalar soni;
2 000 000 – qo‘shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalarning umumiy soni;
A – aksiyadorning Jamiyat ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;
V – Jamiyat ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyalar soni;
C – imtiyozli xuquq qo‘llanilganda aksiyador tomonidan cotib olinadigan oddiy aksiyalar soni.
Aniqlash davomida qoldiq hosil bo‘lgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq bo‘lsa, ko‘paygan tomonga, 5 (besh) dan kam bo‘lsa kamaygan tomonga butlanadi.
Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati ushbu bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (o‘n) kalendar kunni tashkil qiladi.
Jamiyat Kuzatuv kengashi qaroriga asosan aksiyalarni joylashtirish narxi – xar bir aksiya uchun 5 000 (besh ming) so‘m etib belgilandi.
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni Jamiyatga yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqlidirlar. Bunday ariza Jamiyatga mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida taqdim etilishi kerak.
Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamiyat tomonidan aksiyalarning ushbu qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda quyidagi manzillar – «NEO INSURANCE CORP» AJ rasmiy veb-sayti (www.neoinsurance.uz) va korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz) orqali oshkor qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun «NEO INSURANCE CORP » AJga murojaat qilishingiz mumkin. Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi MFY, Sh. Rustaveli ko‘chasi, 158A-uy. Ma’lumot uchun telefon: 95 850-00-11.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter