Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nelson Mandelaning shaxsiy buyumlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

Nelson Mandelaning shaxsiy buyumlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

Foto: «Getty Images»

Aparteidga qarshi kurash yetachisi va Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti, marhum Nelson Mandelaning shaxsiy buyumlari oilasi tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Tushgan pullar Mandela memorial bog‘i qurilishiga sarflanadi, deyiladi «Reuters» xabarida.

Lotlar yuzdan ortiq, ular orasida Mandela mansub kosa qabilasining «madiba» rasmlari tushirilgan mashhur ko‘ylaklar ham bor.

«Milliy naqshlar tushirilgan bu ko‘ylaklarni Mandela ajnabiy davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlarda, BMTdagi chiqishlarida kiygani bois boshqa siyosatchilardan ajralib turgan», — dedi Nyu-Yorkdagi Guernsey’s auksionlar uyi boshlig‘i Arlan Ettinger. Auksion savdolari 11-dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Kimoshdi savdolariga, shuningdek, Barak Obama va boshqa davlat rahbarlarining sovg‘alari, ko‘zoynaklar, 1964–1982-yillarda Robben orolida tutqunlikda yozilgan xatlar qo‘yilmoqda. Mandela qamoqda yarim yilda bir marta uchrashish va bitta maktub yozish huquqiga ega bo‘lgan.

Nelson Mandela 2013-yilning 5-dekabrida 95-yoshida Yohannesburg yaqinidagi uyida oilasi qurshovida vafot etgan. Uni o‘zi tug‘ilgan Sgunu qishlog‘ida dafn etishgan. Memorial bog‘ shu yerda barpo etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring