Nega Putin va Bolsonaru qo‘l berishdi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning uchrashuvi qo‘shimcha ijtimoiy masofasiz — COVID-free rejimida o‘tdi, deb xabar berdi «Vesti».
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols, ulardan sal avvalroq Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvlarida muzokaralarni 4 metrlik stol atrofida o‘tkazgandi.
Makron va Shols o‘z elchixonalarida kovid-test topshirgandi. Bolsonaru o‘z DNKsini qoldirishdan cho‘chimay, rus shifokorlariga kovid-test topshirdi. Shuning uchun ham Putin va Bolsonaru muzokaralarida masofaga amal qilinmadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter