Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mevadagi qand jigar uchun xavflimi?

Mevadagi qand jigar uchun xavflimi?

Foto: «Ont.by»

Taomnomada fruktoza yoki «mevadagi qand» ko‘p bo‘lishi jigarning yog‘ni yoqish qobiliyatini kamaytiradi. Taqqoslash uchun: shuncha miqdordagi glyukoza metabolizmga bunchalik ta’sir ko‘rsatmaydi, degan xulosaga kelishdi Joslin diabet markazi (Boston) tadqiqotchilari. Bu haqda «Rambler» xabar bergan.

Demak, bir xil kaloriyaga ega bo‘lishiga qaramay, «diyetik» fruktoza salomatlikka glyukozadan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir o‘tkazar ekan-da.

Fruktoza jigarni yog‘ to‘plashga majburlaydi. U taomnomaga ko‘p miqdorda yog‘ qo‘shish kabi ta’sir ko‘rsatadi. Taomnomada glyukoza miqdori ko‘paysa, jigarga yog‘ni yoqishga yordam beradi va shunga ko‘ra sog‘lom metabolizmga erishiladi, — deya ta’kidlaydi tadqiqot yetakchisi, Garvard tibbiyot maktabi professori Ronald Kan.

Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar chog‘ida olimlar oltita turdagi parhezning metabolizmga ta’sirini taqqoslashdi: ko‘p miqdorda fruktoza va glyukoza, yog‘, shakar, kundalik taomnoma kabilar hisobga olindi.

Mutaxassislar, shuningdek, jigar hujayralaridagi atsilkarnitin darajasini o‘rganishdi. Jigar yog‘ni yoqqanda ular ishlab chiqariladi. Yuqori atsilkarnitinlar darajasi yomon hisoblanadi. Negaki bu jigarda ko‘p yog‘ yoqilayotganini anglatadi. Ko‘p yog‘ va fruktozali parhezda saqlangan jonivorlarda ushbu modda konsentratsiyasi yuqori chiqqan. Yog‘ni yoqqanda glyukoza yordamchi ta’sir o‘tkazishi tasdiqlandi.

Olimlar, shuningdek, CPT1A fermenti faolligini ham nazorat qilishdi. Mazkur holatda, u qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi — mitoxondriya yog‘larni yoqish bo‘yicha vazifasini to‘g‘ri bajarayotganiga ishora qiladi. Tadqiqotchilar, yog‘ va fruktoza darajasi yuqori bo‘lgan taomnomada CPT1A ko‘rsatkichi pastligini, mitoxondriya esa kerakli tartibda ishlamayotganini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalari bilan batafsil «Cell Metabolism» jurnalida chop etilgan maqolada tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring