Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jigar transplantatsiyasiga shoshilmang yoxud «Gepatit C»ning davosi tekin! (video)

Inson tanasida muhim ahamiyatga ega organlardan biri — jigar nafaqat ovqat hazm qilishda yordam beradi, balki hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni ham sintezlaydi va organizmdan toksinlarni siqib chiqaradi.

Ammo u turli viruslar, yog‘li gepatoz yoki sog‘lom turmush tarziga amal qilmaslik oqibatida zararlansa, o‘z funksiyasini yaxshi bajara olmay, butun boshli organizmni ham ishdan chiqarishi mumkin.

Bugun tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali gepatolog, gastroenterolog Allabergan Bayjanov bilan bo‘lgan suhbat davomida virusli kasalliklar, jumladan, Gepatit C ga chalinganda bepul davolanish va butkul sog‘ayib ketish bo‘yicha mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar, ayollar orasida ommalashgan yog‘li gepatozdan dori-darmonlarsiz xalos bo‘lish hamda jigar transplantatsiyasiga nega shoshilmaslik kerakligi va jigar kasalliklarini davolashda xalqona usul hisoblangan tuya sutini nima uchun ichib bo‘lmasligi haqida barcha sir-asrorlarni bilib olasiz.

Qimmatli tavsiyalarga boy ko‘rsatuv ko‘pchilikka manfaatli bo‘lishi uchun boshqalarga ham ulashishni unutmang!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring