Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neftni saqlashga joy qolmadi

Neftni saqlashga joy qolmadi

Foto: EPA/UPG

Tez orada jahon neft kompaniyalarining asosiy muammosi qanday qilib foyda olishmas, balki qazib olingan neftni saqlash uchun joy topish bo‘lib qoladi. Bu haqda CNN yozmoqda.

Jahon bozorida neftni sotish bo‘yicha takliflar unga bo‘lgan talabdan ancha yuqorilab ketdi, neft omborlarida esa joy tugamoqda.

«Taklif etilayotgan neft talabga nisbatan shunchalik yuqoriki, tez orada katta muammo tug‘iladi  — kompaniyalar endi qanday qilib ko‘proq daromad olish haqida emas, balki qazib olgan neftlarini qayerda saqlash haqida bosh qotira boshlashadi», — dedi «JBC Energy» tahlilchisi.

Shu kompaniya hisoblashicha, aprel oyi oxirigacha olti million barrel neftni saqlash uchun joy yetmay qoladi. Keyin bu raqam yana bir millionga oshishi mumkin.

Diqqatni tortadigan bir jihat: talab ozayib borishining aksi o‘laroq, «qora oltin» qazib oluvchi mamlakatlar yanada ko‘proq neftni zamin bag‘ridan tortib olishga zo‘r berishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring