Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neft narxi tushdi va Rossiya rubli ham keskin qadrsizlandi

Neft narxi tushdi va Rossiya rubli ham keskin qadrsizlandi

Jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketgandan so‘ng Rossiya rubli ham qadrsizlandi.

Ayni vaqtda Xalqaro valyuta bozorida 1 AQSh dollari 72,04 rublga baxolanmoqda. Yevro esa 82,1 rublga teng bo‘lib turibdi.

Bugun, 9 mart sanasida Brent nefti qiymati 31,43 dollarni tashkil etmoqda. Ushbu holat Rossiya OPEK+dan chiqib ketishi natijasida yuzaga keldi.

Oxirgi marta Brent nefti 2004 yilda shunday qiymatda sotilgan edi. Eslatib o‘tamiz, 6 mart sanasida OPEK+ a’zolari shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi.

Kelishuvni bekor qilish tashabbusi Rossiya tomonidan chiqqan. Ayni vaqtdagi shartnoma muddati 31 martda yakuniga yetadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring