Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nechta mamlakatda kovid-vaksinatsiyalash boshlangan?

Nechta mamlakatda kovid-vaksinatsiyalash boshlangan?

Foto: «Aa.com.tr»

Dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida 5 turdagi vaksina bilan aholini emlash kampaniyalari boshlangan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarining yordamchisi Bryus Eylvard ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, COVID-19 ga qarshi vaksinatsiyalash taraqqiy etgan mamlakatlarda birinchi navbatda boshlangan.

Eylvard JSST COVAX dasturi doirasida aholisi qashshoq mamlakatlarda ham jarayonni tezroq boshlash ustida izlanayotganini qo‘shimcha qildi.

JSST fevral oyida juda ko‘plab mamlakatlarga vaksina yetkazilishiga erishmoqchi. Biroq bu mamlakatlarning barchasi ham vaksinani qabul qilishga shay emas.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring