Nazarboyevning qizi Darig‘a o‘g‘lining o‘limini tasdiqladi
Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a o‘g‘li Oysultonning vafot etganini tasdiqladi.
«Suyukli Oysultonimizdan judo bo‘ldik. Bunday og‘ir damlarda yolg‘iz bo‘lishni so‘raymiz», — deyiladi «RIA Novosti»ga yuborilgan bayonotda.
Bugun Nazarboyevning 30 yoshli nevarasi Londonda vafot etgani to‘g‘risida xabar bergandik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.
Yil boshida Oysulton Buyuk Britaniyada siyosiy boshpana so‘raganini ma’lum qilgandi. Yigit o‘z xavfsizligidan xavotirlanayotganini ta’kidlagandi. Shuningdek, Qozog‘iston rahbariyatini korrupsiyada ayblagan, oilasi a’zolari tomonidan bosim ostida qolganini aytgandi.
Mamlakat hukumati bunday bayonotlar Nursulton Nazarboyevni obro‘sizlantirishga qaratilganini ta’kidlagandi.
O‘tgan yili London sudi Oysultonni o‘zganing mulkiga kirgani va politsiyalar bilan janjallashgani uchun shartli ravishda bir yilga ozodlikdan mahrum qilgandi. Sud hukmi, shuningdek, 18 oylik sinov muddati va giyohvandlikka qaramlikdan davolanishni o‘z ichiga olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter