Nazarboyev o‘ziga yodgorlik qo‘yish bo‘yicha taklifni rad etdi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, uning nomi berilgan maktablar va universitetlar mavjudligiga qaramay, o‘zi uchun yodgorlik o‘rnatish taklifini rad etdi. Bu haqda siyosatchining matbuot kotibi Aydos Ukibayga asoslanib Lenta.ru xabar qildi.
Nazarboyevga yodgorlik o‘rnatish g‘oyasini avvalroq Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari Bilol Chakidji ilgari surgan edi. U yodgorlikni Qozog‘istonning Turkiston shahrida joylashtirishni taklif qilgan.
«Elboshi bu fikrni qo‘llab-quvvatlamadi. U bunday narsalarni mutlaqo yoqtirmaydi», - deydi Ukibay.
Uning qo‘shimcha qilishicha, odatda bunday tashabbuslar Nazarboyev shaxsi atrofida «axborot shovqini» yaratmoqchi bo‘lganlar, ayniqsa rasmiylar og‘zidan eshitiladi.
«Tarixda u o‘z nomini yangi loyihalarga berishga rozi bo‘lgan yagona narsa - bu universitet va intellektual maktablar», dedi matbuot kotibi.
Qozog‘istonda poytaxt, aeroport, universitet, bir qancha maktablar, bog‘lar, sport majmualari va boshqa inshootlar Nazarboyev nomiga berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter