Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navro‘z bayrami yuqori darajada tashkil etildi

Navro‘z bayrami yuqori darajada tashkil etildi

Bugun yurtimizda bahor bayrami Navro‘z nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan barcha tashkilotlar, o‘quv muassasalari va hududlarda bayram sayillari, tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lumki, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Prezident yaqinda maktab va bog‘cha rahbarlarini maoshini oshirish bo‘yicha farmonni imzolagani ham bunga yaqqol misol. 

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida faoliyat olib borayotgan Gulnoza Ibragimova ham ta’lim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor ayollardan. Uning tashabbusi bilan tumanida ikkita maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Bular "Dilroz" va "Dunyo" maktabgacha ta’lim muassasalaridir. Ushbu bog‘chalarning tashkil etilishi ortidan avval ishsiz bo‘lgan o‘nlab mahalliy aholi vakillari doimiy ish bilan ta’minlandi.

20 mart kuni ushbu ta’lim tashkilotlarida Navro‘z bayrami yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirlarda tarbiyalanuvchilar tomonidan turli raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tarbiyalanuvchilar milliy kiyimlarda kuy-qo‘shiqlarni ijro etdilar. Bu orqali ularga Vatanni sevish, milliylikka e’tibor va boshqa ijobiy fazilatlar singdirilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring