Navoiyda tuman XTB mudirasi o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirildi
Navbahor tumani Yangiyo‘l mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.R. (1979-y.t) o‘z turmush o‘rtog‘i M. A.ning (1980-y.t.) qotiliga aylandi.
Ushbu ma’lumotni «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi. Unga ko‘ra, voqelik 6 sentyabr oqshomida ro‘y bergan. Er-xotinning o‘zaro janjali xonadon sohibi oshxona pichog‘i bilan xotini tanasining turli qismlariga bir necha marta pichoq urishi bilan fojiaviy yakun topadi...
Ayol olgan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Sh.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-kismi (qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Marhuma tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirasi lavozimida ishlagani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter