Navoiyda aka-uka gazdan zaharlanib halok bo‘ldi
2020-yil 30-oktyabr kuni soat 09-00 larda Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Paxtakor mahallasida yashagan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka (2004 y.t., kollej talabalari) uyining yotoqxonasiga o‘rnatilgan gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter