Navoiyda 48 oila uyli bo‘ldi
Navoiy viloyatining barcha tuman va shaharlarida «O‘zbekiston yoshlari — yangi zamon bunyodkorlari!» shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida 48 oila Navoiy shahrida qurilgan zamonaviy uylardan xonadonli bo‘lishdi.
Suyunjon Holiqov 2015-yilda Hindiston davlatida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Unga ham 3 xonali uy nasib etdi.
— Bugun bizning oilamiz uchun quvonchli kun. 3 xonali uyning kaliti topshirildi. Quvonarlisi, uyimizning boshlang‘ich to‘lovi 54 mln. so‘m O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lanishi biz yosh oilalar uchun yana bir g‘amxo‘rlik, — deydi yangi xonadon sohibiga aylangan yoshlardan biri Alyona Gorbacheva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter