Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyatida koronavirus yuqtirgan bemorlar qolmadi

Navoiy viloyatida koronavirus yuqtirgan bemorlar qolmadi

Navoiy viloyati ham koronavirus infeksiyasidan holi hududga aylandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatiladi.

Sog‘aygan bemor ayol 45 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. Koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Endilikda Navoiy viloyati ham barcha bemorlar butunlay sog‘ayib, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari qatori koronavirusdan xoli uchinchi hududga aylandi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1328 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring