Navoiy viloyati hokimi «Navoiy vorislari» tanlovi g‘olibiga 50 mln. so‘m pul mukofoti berdi
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan hamda yoshlarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ular orasida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida Navoiy viloyatida «Navoiy vorislari» madaniy-ma’rifiy tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Sitora Isoqova (Buxoro viloyati), 2-o‘rinni Marjona Nodirqulova (Navoiy viloyati), 3-o‘rinni Xosiyatxon Sirojiddinova (Farg‘ona viloyati) egalladi.
Tanlovda asosan g‘azalning nasriy bayoni, bexato va ifodali o‘qish, tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlab bera olish va lug‘atlarga e’tibor qaratildi va baholandi.
Shuningdek, Navoiy viloyati hokimi navoiylik ishtirokchi 2-o‘rinni egallagan Nodirqulova Marjonani 50 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter