Navoiy IESdan tadbirkorlar foydasiga 8 mlrd. so‘m undirib berildi
Navoiy IESdan tadbirkorlar foydasiga 8 mlrd. so‘m undirib berildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyatida tadbirkorlik subyektlariga tegishli 150 gektarli issiqxonalarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun ortiqcha to‘lovlar undirib olingan.
Monopoliya subyekti hisoblangan «Navoiy IES» AJ tomonidan ishlab chiqilgan 1 Gkal issiqlik energiyasi belgilangan narxlarda ya’ni 166,1 ming so‘mdan yetkazib berish o‘rniga o‘rtacha 227,5 ming so‘mdan yoki 37 foizga qimmat narxda yetkazib berilganligi natijasida jami 70 dan ortiq tadbirkorlardan qariyb 8 mlrd so‘mlik ortiqcha mablag‘ olib kelingan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur masala bo‘yicha tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida asossiz undirilgan mablag‘larni tadbirkorlarga qaytarish bo‘yicha korxonaga ko‘rsatmalar berilganini ma’lum qildi.
Hozirda qo‘mitaning ushbu qarorlari Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan qanoatlantirilgan.
Bunda tadbirkorlarning manfaatlari himoya qilinishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter