Navoiy g‘azallaridan yodlasangiz, maxsus sovg‘aga ega bo‘lasiz
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy viloyati hokimligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi bilan hamkorlikda Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida «Navoiy vorislari» madaniy-ma’rifiy tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Alisher Navoiy g‘azallarini yod olishga ishtiyoqi baland bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etdi.
Tanlov uch bosqich (tuman, viloyat, Respublika)da tashkil etildi. Ayni damda mazkur tanlovning tuman va viloyat bosqichlari yakunlandi. Tuman bosqichida Alisher Navoiyning kamida 50 ta g‘azalini, hududiy bosqichida kamida 70 ta g‘azalini yodlagan o‘quvchilar qatnashdi.
Respublika bosqichida kamida 100 ta g‘azalini yod olgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
2018-yilning 12-13-fevral kunlari Navoiy viloyatida ushbu tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning yakuniy bosqichi quyidagi 4 ta shartdan iborat:
1-shart: eng ko‘p g‘azal yod olish;
2-shart: g‘azalni bexato va ifodali o‘qish;
3-shart: g‘azal matnining nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yozish;
4-shart: g‘azal matnidagi tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarni izohlab bera olish.
Shuningdek, Navoiy asarlarining chet tildagi biror tarjima namunasini ifodali yodlab, sharhlab bergan yoki «Devoni Foniy»dan biror asarni yodlab, izohlagan ishtirokchi rag‘batlantiruvchi mukofotlarga sazovor bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter