Navoiyda ekologiya boshqarmasi boshlig‘i almashdi
![Navoiyda ekologiya boshqarmasi boshlig‘i almashdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2372060888.jpg)
Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Rustam Ergashev tayinlandi.
Tayinlov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirilgan.
Rustam Ergashev bunga qadar Sirdaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Sirdaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Rustam Ergashev 1966-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan.
1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2009-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter