Navbatdagi «operatsiya»: Suriyadan ayollar va bolalar qaytariladi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Suriya Arab Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif maqsadi – ushbu mamlakat qiyin ahvolga tushib qolgan ayollar va bolalarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha navbatdagi «operatsiya»ning tashkiliy masalalarini ishlab chiqish bo‘ldi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Fuqarolarimizni o‘z vataniga qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining bevosita majburiyatidir va ushbu maqsadlar uchun chora-tadbirlarni amalga oshirish faqat insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ikkita «Mehr-1» va «Mehr-2» aksiyalarini o‘tkazgan, natijada 220 nafar ayol va bola Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan qaytarilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter