NATOga tarixda ilk bor ayol kishi rahbarlik qilishi mumkin
NATO tarixida birinchi marta ayol kishi alyans bosh kotibi bo‘lishi mumkin. Ispaniyaning El Pais gazetasining yozishicha, norvegiyalik Yens Stoltenbergning o‘rnini Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Tereza Mey, Yevropa Ittifoqi diplomatiyasining sobiq rahbari Federika Mogerini, Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer egallashi mumkin.
Bundan tashqari, Litvaning sobiq prezidenti Dalya Gribauskayte, Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd va Xorvatiyaning sobiq prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich ham NATO rahbarligiga ehtimoliy nomzodlar sanalmoqda.
Yangi bosh kotib tayinlanishi faqat 2022-yilda amalga oshiriladi.
Alyans rahbarini saylash 2022-yilning bahorida Madrid sammiti paytida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Stoltenberg 2014-yil 1-oktyabrdan NATO Bosh kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter