Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NATO mulozimi Ukrainani g‘azablantirgan bayonotini «xato» deb atadi

NATO mulozimi Ukrainani g‘azablantirgan bayonotini «xato» deb atadi

NATO bosh kotibi shtabi rahbari Stian Yenssen Ukrainaning ayrim hududlarini Rossiyaga berish evaziga Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi avvalgi bayonotlarini noto‘g‘ri deb atadi.

Norvegiyada bo‘lib o‘tgan jamoatchilik muhokamasi chog‘ida Yenssen Ukraina xavfsizlik uchun hududiy yon berishlari mumkinligini aytgandi.

Bu so‘zlar Ukraina Tashqi ishlar vazirligining keskin munosabatiga sabab bo‘ldi, uning matbuot kotibi Oleg Nikolenko bunday bayonotlarni qabul qilib bo‘lmas deb atadi.

«Urush haqidagi bayonotim Ukrainaning kelajakdagi ehtimoliy ssenariylari haqidagi umumiy munozaraning bir qismi sifatida aytilgan va men so‘zimni bunday ifodalamasligim kerak edi. Bu xato bo‘ldi», dedi Yenssen chorshanba kuni Norvegiyadagi VG nashriga.

Hududlarni Rossiyaga bergan holda NATOga kirish taklifi Ukrainada noxush kutib olingan va unga prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail  Podolyak ham salbiy munosabat bildirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring