Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«NASA» yaqin orada muhim kosmik teleskopdan ayrilishi mumkin

«NASA» yaqin orada muhim kosmik teleskopdan ayrilishi mumkin

Foto: W. Stenzel / Globallookpress.com

Ekzosayyoralarni (Quyosh sistemasidan tashqaridagi sayyoralarni) qidirish uchun mo‘ljallangan «Kepler» kosmik teleskopi yaqin bir necha oy ichida yonilg‘isining tugashi sababli faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda «NASA»ning ma’lumotiga asoslanib «Lenta.ru» xabar bermoqda.

Sayyoralar tizimlarini o‘rganuvchi tadqiqotchilar guruhi kosmik apparat o‘z ishini yakunlashidan avval imkon qadar ko‘proq ilmiy ma’lumotlarni to‘plashni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng teleskopning Yer bilan aloqasi uziladi.

«Kepler» kosmik teleskopi 2009-yilda ishga tushirilgan. 2013-yilda teleskop dvigatellaridan biri ishdan chiqqan, natijada uni koinotda aniq yo‘naltirish imkoniyati yo‘qolgan. Biroq teleskopdan ekliptika tekisligidagi yulduzlarni kuzatish uchun mo‘ljallangan K2 missiyasi doirasida foydalanish davom etmoqda. «Kepler» yordamida uch mingdan ortiq ekzosayyora aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring