Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA Oyga ilk ayol va qora tanli astronavtni jo‘natish rejasidan voz kechdi

NASA Oyga ilk ayol va qora tanli astronavtni jo‘natish rejasidan voz kechdi

«Artemida-2» ekipaji (chapdan o‘ngga): Gregori Uaysmen (AQSh), Viktor Glover (AQSh), Kristina Kuk (AQSh), Jeremi Hansen (Kanada).

NASA (AQSh fazoviy agentligi) Oyga ilk ayol kishi va qora tanli erkakni jo‘natish rejasidan voz kechdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, NASAning Artemis 2 («Artemida-2») dasturiga ko‘ra, Oyga 2027-yilda yilda astronavtlar jo‘natilishi rejalashtirilgan va bu 1972-yildagi «Apollon» missiyasidan so‘ng inson ishtirokidagi ikkinchi missiya bo‘lishi kutilayotgandi.

Gazeta agentlik saytining Artemis sahifasida «NASA Oyga ilk ayol kishi, birinchi rangli erkak va ilk xalqaro astronavtni jo‘natadi, Oy sirtining katta qismini tadqiq qilishda innovatsion texnologiyalar qo‘llaniladi» jumlasi olib tashlanganiga e’tibor qaratdi.

NASA vakili Allard Beytel Guardian gazetasiga ma’lum qilishicha, AQSh prezidentining federal agentliklarda xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik (DEI) amaliyotini tugatish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan ushbu jumla olib tashlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring