Nargiz Zokirova qayerdaligiga oydinlik kiritdi

Amerikalik xonanda Nargiz Zokirova shuncha gap-so‘zdan keyin nihoyat ko‘rinish berib, qayerdaligiga o‘zi oydinlik kiritgan.
«Do‘stlarim mening, hammaga salom. Nihoyat men barcha ijtimoiy tarmoqlar erkin ishlaydigan rivojlangan dunyodaman. Taraqqiyot va insoniyat farovonligi uchun hamma narsa muhayyo bo‘lgan joydaman», degan u Instagram orqali.
Lekin qo‘shiqchi aynan qayerdaligini aytmagan. Videolaridan ko‘rib bilish mumkinki, u ayni paytda AQShga ketgan.
Avvalroq uning Moskvaga borgani va ushlangani xabar qilingan, so‘ng rad etilgandi. Ammo keyinchalik u Rossiyadan 50 yilga deport qilingani tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter