Nargiz Zokirova Moskvada ushlandi

AQSh fuqarosi, xonanda Nargiz Zokirova Toshkentdan Moskvaga uchib borgan va «Domodedovo» aeroportida ushlangan, Rossiyaga kiritilmagan.
Xabarlarga ko‘ra, Nargiz Zokirova O‘zbekistonga deport qilinadi. Deport sababi hozircha ochiqlanmagan. U o‘zining Rossiyaga qarshi keskin chiqishlari bilan tilga tushgani aytilgan.
«Nargiz Zokirova Rossiyaga kiritilmadi. U Toshkentdan uchib kelgan va ayni paytda «Domodedovo» aeroportida ushlab turilibdi», deyiladi RIA Novosti xabarida.
Nargiz Zokirova aprel oyida rus-ukrain nizosi ortidan Rossiyadan O‘zbekistonga uchib kelgandi. Moskvaga yana nega uchib borgani sababi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter