Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namunali uy olaman deb namunasiz yo‘l tutdi

Namunali uy olaman deb namunasiz yo‘l tutdi

Foto: «Californiavaloanexpert.com»

2019-yili Farg‘ona shahrida A.X. ismli ayol tanishi G.A. ismli ayolning ishonchiga kirdi. 5000 dollar evaziga shaharda qurilayotgan namunali uylardan olib beraman deb ishontirdi. Pulni olgach bergan va’dasini unutdi, dollarni esa o‘z ehtiyojlariga ishlatib yubordi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi  «a» bandi (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Farg‘ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni hushyor bo‘lishlarini, aks holda firibgarlarga aldanib qolishlari mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring