Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namibiyada ocharchilikdan qiynalayotganlarni qutqarish uchun fil va begemotlarni otishga ruxsat berildi

Namibiyada ocharchilikdan qiynalayotganlarni qutqarish uchun fil va begemotlarni otishga ruxsat berildi

Foto: Parvomai.NET

Namibiya hukumati mahalliy muhtoj aholini go‘sht bilan ta’minlash uchun yovvoyi hayvonlarni otishga ruxsat berdi.

Afrikadagi ko‘plab mamlakatlari qatori, Namibiya kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda, oqibatda aksariyat fuqarolar, ayniqsa, qishloqlarda yashovchilar suv va oziq-ovqat yetishmovchiligidan qiynalmoqda.

Namibiya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi 723 ta hayvonni o‘ldirishga ruxsat berdi. Shulardan: fillar — 83 ta, begemotlar — 30 ta, buyvollar — 60 ta, zebralar — 300 ta, shuningdek, turli antilopalar.

Yovvoyi hayvonlarni yaylovlar va suv yetishmayotgan milliy bog‘lar va shaharlarga yaqin hududlarda otishga ruxsat berilgan.

Aytilishicha, ushbu dastur asosida litsenziya olgan professional ovchilar va kompaniyalar 157 bosh yirik o‘txo‘r jonivorni otgan va aholiga 56 tonnadan ortiq go‘sht tarqatilgan.

BMT Afrika janubidagi qurg‘oqchilikni so‘nggi o‘n yilliklardagi eng talafotlisi, deya baholadi. Oqibatda 68 million nafarga yaqin afrikalik ocharchilik yoqasida turibdi. Namibiya bir oy ichida o‘z oziq-ovqat zaxirasining 84 foizini sarflab tugatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring