Kosonsoyga kuchli sel keldi, odamlar qutqarilmoqda
Joriy yilning 13 iyul kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanining qo‘shni davlat Qirg‘iziston respublikasi bilan chegaradosh hududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ish natijasida Kosonsoy soyiga sel kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda sel natijasida soyda odamlar oqib ketayotgani kuzatilgani aytilmoqda.
Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi, Ichki Ishlar Boshqarmasi, hokimiyat vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Kosonsoy tumanida do‘l yoqqani ham xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter